KANDALOV INNOKENTIY IVANOVICH
KANDALOV INNOKENTIY IVANOVICH [1891.21.1(2.2), Eniseysk – 1962.30.9, Moskva] — gidrotexnik olim, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan va texnika arbobi (1952), professor (1952), texnika fanlari doktori (1962). Petrograd politexnika institutini tugatgan (1917). Volxov GES qurilishida (1919-27), Dneproqurilish (1927— 33), Chirchiqqurilish, Svirqurilishda (1933-49), Moskva energetika in-stitutida (1949 yildan) ishlagan. Asosiy ilmiy ishi gidrotexnik qurilishni tashkil etish masalalariga bag’ishlangan.