KANDAXAYOL

KANDAXAYOL — chok turi; kashtado’zlikda keng tarqalgan. Kandaxayol chokida to’shama ip tik yoki yotiq bo’ladi. 2 turi farqlanadi: to’shama ip ustidan chatiladigan chok qiyalatib ustma-ust tushiriladi, kashta tayyor bo’lganda Novdadan to’qilgan savat kabi ko’rinadi; ikkinchi xilida kashtado’z birinchi qatorni oldingi kashta xili tarzida tikib chiqqach, ikkinchi va keyingi qatorlarni oldingi qator ostki qismidan o’tkazib tikadi, shu tarzda to’shama ip ustida diagonal yo’nalishda ilon izi chiziqlar hosil bo’ladi. Yirik badiiy buyumlar (palak, so’zana, choyshab va boshqalar) ham shu choqda kashtali qilib bezatilgan.