KANDELA
KANDELA (lotincha candela — sham) — Xalqaro birliklar tizimisida yettita asosiy birliklardan biri — yorug’lik kuchi birligi; Kandela bilan belgilanadi. 1979 yil qabul qilingan. U 540-YU12 Gts chastotali monoxromatik nurlanish chiqarayotgan, yorug’ligining energetik kuchi kuzatilayotgan yo’nalishda 1/683 Vt/sr ga teng bo’lgan manbaning yorug’lik kuchi. Yorug’lik kuchi birligi turli davrlarda turlicha atalib kelingan. Masalan, 1881 yildan boshlab yorug’lik kuchi birligi sham deb atalgan. Bir sham qotish temperaturasidagi toza platinaning 1 santimetr kvadrat yuzasidan nurlanayotgan yorug’lik kuchiga teng.