KANETTI (CANETTI) ELIAS

KANETTI (CANETTI) ELIAS (1905.25.7, Ruschuk, Bolgariya — 1994.14.8, Syurix, Shveytsariya) — avstriyalik yozuvchi. Birinchi asari — «ko’r bo’lish» (1931) ro- manida tartibsiz, xarob dunyo manzaralari tasvirlangan, Kanettining tasvirlashicha, odamlar bu dunyoda o’z aqlsizliklari tutquni bo’ladilar. «To’y» (1932), «Shuhratparastlik komediyasi» (1934) pyesalari va boshqa esselarida omma ruhiyati qonunlarini rivoyat shaklidan foydalangan holda ochib bergan. «Mahkum etilganlar» (1955) pyesasida Kanetti ijodining asosiy mavzularidan biri — inson hayoti cheklanganligidan noroziligi bayon etilgan. Madaniy-falsafiy esselardan iborat «omma va hokimiyat» (1960) kitobida Yevropa fashizmi ildizlarini ko’rsatib berdi. Bundan tashqari, yozuvchining maqola va hikmatli so’zlardan iborat «qaydlar» (1965), «inson viloyati» (1972), 3 jildli memuar kitobi («qutqarilgan til»,»Qulokdagi mash’ala», «Karovchilar») va boshqa asarlari bor. Nobel mukofoti laureati (1981).