KANN

KANN — Frantsiya Janubidagi kurort shahar. O’rta dengiz bo’yidagi port. Iqlimi subtropik o’rta dengiz iqlimi. Yozi iliq va quruq (iyulning o’rtacha temperaturasi 22,6°), qishi yumshoq (yanvarning o’rtacha temperaturasi 9,3°). Yillik yog’in 800 millimetr. Frantsiya Riverasi kurortlari guruhi tarkibida. 1946 yildan boshlab Kannda har yili xalqaro kinofestivallar o’tkaziladi. Turizm rivojlangan. Turistlar va dam oluvchilarga xizmat ko’rsatish bilan bog’liq bo’lgan sanoat korxonalari mavjud. Teatr va kontsert zallari, sport inshootlari, suzish havzalari bor.