KANNISSARO (CANNIZZARO) STANISLAO

KANNISSARO (CANNIZZARO) STANISLAO (1826.13.7, Palermo — 1910.10.5, Rim) — italiyalik kimyogar. Atom-molekulyar nazariyaning asoschilaridan biri. Aleksandriya Milliy kolleji (1851-55), Genuez (1856-61), Palermo (1861-71), Rim (1871-1910) universitetlari professori. Benzaldegidga o’yuvchi kaliyning ta’sirini o’rganish natijasida benzil spirtini va aromatik aldegidlarning oksidlanish- qaytarilishli disproportsiyalanishi yoki ishqoriy muhitda bir molekula aldegidning qaytarilishi hisobiga boshqa bir molekula aldegidning oksidlanishini kashf qilgan (1853). Ingliz kimyogari va Fizigi J. Dalton va A. Avogadroyaan to frantsuz kimyogarlari Sh.F.Jerar va O. Lorangacha bo’lgan atom-molekulyar ta’limotning rivojlanishini taxlil qilib, atom massalarining ratsional sistemasini taklif qilgan (1858). Elementlar, jumladan, metallar atom massalarining aniq qiymatlarini topgan; Avogadro qonuni asosida «atom», «molekula» va «ekvivalent» tushunchalariga aniq izoh bergan (1860).