Aslida, hech qanday farq yo’q. Ikkala tushuncha ham tog’lar yoki yassi tog’liklar o’rtasidagi tor, chuqur va ikki chekkasi qoyalardan iborat joyni anglatadi. Odatda, ularning tubida daryo o’zani bo’ladi. Birdan-bir farqi shuki, ayni paytda daradan daryo oqib o’tmayotgan bo’ladi. «Kanon» ispancha so’zdir. U Arizonadagi (AQSh) Kolorado daryosidagi Kanon haqida so’z ketganda, tez-tez tilga olinadi. Katta Kanon (bu — uning aniq nomi)ni 1540 yili ispan ekspeditsiyasi kashf etgan. Uning chuqurligi 1 800 metrgacha etadi. Kanonning kengligi ayrim joylarda 25 km. gacha boradi. U tabiat ijod etgan g’aroyib obidadir va milliy bog’ sifatida qo’riqlanadi. Fransiyada ham chog’roq, ammo ajoyib manzarali daralar bor. Masalan, Lup, Tarn, Verdon daralari yer qobig’ining siljishi natijasida hosil bo’lgan. Ayrim joylarda ularning chuqurligi 700 m., kengligi esa 1 500 metrga yetadi.
Ona tili 6 sinf uchun test savollari
Ona tilidan 5 sinf testlar
Avtomobil haydovchiligi uchun testlar to’plami
Avtomobil haydovchiligi uchun test savollari
Haydovchilik yo’nalishida testlar
YouTube monetizatsiyasi O’zbekistonda: qachon ishga tushadi va hozir qanday pul topish mumkin?
Sun’iy yo’ldosh interneti nima? Qanday ishlaydi va O’zbekistonda qachon bo’ladi?
NFC nima? Kontaktsiz to’lov qanday ishlaydi?
Google Pay O’zbekistonda: qanday ishlaydi va qanday ulanadi?

