KANT (KANT) IMMANUIL

KANT (KANT) IMMANUIL (1724.22.4 — Kenigsberg — 1804.12.2) — nemis faylasufi. Nemis klassik falsafasining asoschilaridan biri. Kenigsberg universitetida professor (1770-96). Mantiq va metafizikadan hamda tabiiy fanlardan, xususan, geografiyadan dars bergan. Kant kritisizm yoki transtsendental falsafaning asoschisi hisoblanadi. Kant falsafasi quyidagi rivojlanish bosqichini bosib o’tdi: 1) , tabiiy-ilmiy bosqich (1747—| 1755) — bu davrda «osmonning umumiy tabiiy tarixi va nazariyasi» (1755) asarini yozdi, bunda u o’zining kosmogonik nazariyasini olga surdi; 2) metafizik bosqich — u Volf metafizikasidan voz kechib, tanqidiy olami va aql-idrok olamining shakli va asoslari haqida», 1770); 3) tanqidiy bosqich — bu davrda Kant ko’proq bilish muammolari bilan shug’ullandi. «Sof aqlning tanqidi» (1781), «amaliy aqlning tanqidi» (1789),. «Mulohaza qobiliyatining tanqidi» (1790) asarlari shu davrda yozilgan. Kant bilish nazariyasida agnostisizmga moyil. Kant bilish jarayonida «narsa o’zida» bilan «biz uchun narsa»ni bir-biridan farq qiladi. «Narsa o’zida» — o’zicha mavjud bo’lgan ob’yektdir. «Biz uchun narsa» — ob’yektning inson idrok qilgan qismidir. Uning fikricha, inson «narsa o’zida» (mohiyat)ni bilishga qodir emas, u faqat «biz uchun narsa»ni, ya’ni hodisalarni bilishi mumkin. Kant agnostisizmi inson bilimi aniq tarixiy xarakterga ega ekanligi bilan chegaralanganligiga, inson hech vaqt hamma narsani oxirigacha bilib ololmasligiga asoslangan. Borliqning barcha qismlari bilish ob’yekti bo’la olmasligi ham bu erda muhim ahamiyatga ega; 4) tanqidiydan keyingi bosqich — bu davda Kant mantiq, pedagogika, tabiiy geografiya va pragmatik antropologiya (ya’ni xarakterologiya)ga oid ma’ruzalarini nashr ettirdi. Kant fikricha, inson tajriba va amaliyot bilan har qanday bilimga ega bo’lavermaydi. Insonda aprior (tajribagacha) bilimlar ham bo’ladi. Bular tug’ma bilimlardir (masalan matematika, falsafa va boshqalar). Ilmiy bilishning ishonchliligi va haqiqiyligi uning eng umumiyligi va zaruriyligi bilan belgilanadi. Kant o’z falsafasida bilish nazariyasini birinchi bo’lib falsafiy muammo sifatida atroflicha ishlab chiqishga harakat qildi. Kantning axloqiy qarashlari uning «Axloq metafizikasi asoslari» (1775), «Inson tabiatidagi azaliy yomonlik» (1792) kabi asarlarida bayon qilingan. Axloqiy burchni axloqiy qonun shaklida ta’riflaydi. Uning ma’nosi shuki, har bir inson shunday xatti-harakat qilishi lozimki, bu boshqalar uchun ham qoidaga aylansin. Kant vijdonni axloqiy hakam deb ta’riflaydi. Insonlarning bir-biriga muhabbati va hurmati asosiy insoniy burchlardir. Gaman, Gerder va Yakobi Kantning g’oyalariga qarshi chiqdilar. Fixte, Shelling, Gegel esa o’zlarining idealistik metafizikasini Kant nomi bilan bog’ladilar. Kant o’zining ijtimoiy falsafasida axloqni siyosatdan ustuvorligini ta’kidlaydi. U boshqa xalqlar erlarini bosib olib o’zini oklashga urinishni, jinoyat qilib o’z aybiga iqror bo’lmaslikni, ajratib tashla va xukmronlik qil aqidasini axloqqa zid xatti-xarakat deb baholaydi. Kant fikricha, inson xuquqi muqaddasdir. Kantning qarashlari keyingi ilmiy va falsafiy tafakkur taraqqiyotiga ta’sir ko’rsatdi. 19-asrning 60-yillarida Kant g’oyalari asosida neokantchilik vujudga keldi. Abdulla Ayupov.