Kantserogen moddalar
Kantserogen moddalar (lotincha cancer — rak va genes — keltirib chiqarmoq), kantserogenlar, onkogenn moddalar — ma’lum sharoitda organizmga ta’sir qilganda rak va boshqa o’smalar paydo qiluvchi kimyoviy moddalar. 500 ga yaqin xili ma’lum. Polisiklik uglevodorodlar, azobo’yoqlar, aromatik aminlar, nitrozaminlar, og’ir metall tuzlari, alkaloidlar, toksinlar va boshqalar. Kantserogen moddalarga kiradi. Ularning ko’pchiligi mutagenlar va immunodepressantlardir. Kantserogen moddalar odam va hayvon organizmiga tashqaridan kirishi (ekzogen Kantserogen moddalar) yoki organizmning o’zida kantserogen bo’lmagan moddalardan paydo bo’lishi (endogen Kantserogen moddalar) mumkin. Ba’zi endogen mahsulotlar (steroid gormonlar, triptofan metabolitlar va boshqalar) ko’p to’plansa yoki sifati o’zgarsa, ular ham Kantserogen moddalar xossasiga ega bo’ladi.