Kapachi qushlar

Kapachi qushlar (Ptilonorhynchidae) — chumchuqsimonlar turkumining bir oilasi. Tanasining uzunligi 23-40 santimetr. Patlari ko’proq sariq, ko’kimtir qora va yorqin tusli, ba’zan qo’ng’iroq. Avstraliya va Gvineyada tarqalgan. Nam tropik o’rmonlarda yashaydi. Kapachi qushlar kuyikish davrida maxsus kuyikish maydonchasi tayyorlaydi. Uni chig’anoqlar, mayda toshlar, mevalar, gullar bilan bezaydi. Maydonchada shox va poyalardan balandligi 50 santimetrgacha, uzunligi 1 metrgacha kapa ham quradi. Moda qush maydoncha yonidagi daraxtda ochiq uya quradi. 1-3 ta tuxum qo’yadi. Mayda mevalar, chig’anoqlar, hasharotlar va ularning lichinkalari, chuvalchanglar bilan oziqlanadi. 8 ta urug’i va 18 turi mavjud.