Kantsler
Kantsler (nemischa Kansler)-1) o’rta asrlaarda G’arbiy Yevropaning feodal davlatlaida oliy mansabdor shaxs, qirol kansleriyasi va arxivini boshqargan, davlat muhri saqlovchisi hisoblangan; 2) bir qancha davlatlarda oliy mansabdor shaxs (masalan, Germaniya va Avstriyada feodal Kantsler-hukumat boshlig’i; Buyuk Britaniyada xazina Kantsleri-moliya vaziri, lord- Kantsler-lordlar palatasining raisi); 3) Rossiyada 1917 yilgacha oliy fuqarolik darajasi (1-sinf). Tashqi siyosat rahbarlari (tashqi ishlar kollegiyasi prezidentlari va tashqi ishlar vazirlari)ga berilgan. Agar ministr 2-sinf darajasiga ega bo’lsa, vitse- Kantsler deb atalgan. Rossiyaning butun tarixi davomida faqa 11 kishiga bunday unvon taqdim etilgan.