KAPAN

KAPAN (1938 yildan, 1990 yilgacha Kafan). — Armanistondagi shahar. Zangezur tog’i yon bag’rida joylashgan. Temir yo’l stantsiyasi. Aholisi 42,4 ming kishi (1990-yillar o’rtalari); Armaniston kon-ruda sanoatining markazi. Kapan atrofida mis rudasi qazib olinadi. Shaharda mis-ruda kombinati, yorug’lik texnikasi ishlab chiqarish zavodi, trikotaj, mebel fabrikalari, oziq-ovqat sanoati korxonalari, o’lkashunoslik muzeyi, teatr bor. Turizm rivojlanmoqda.