Kaperlik

Kaperlik (gollandcha kaper-dengiz qaroqchisi)-urushayotgan davlat qurollangan shaxsiy kemalarining uning roziligi bilan raqib davlat qurollangan shaxsiy kemalarning uning roziligi bilan raqib davlat yoki raqib davlat uchun yuk olib ketayotgan betaraf savdo kemalariga hujum qilishi. Ayniqsa, o’rta asrlarda keng tarqalgan. Dastlab hech qanday maxsus vakolatlarsiz dengiz urushi vositasi sifatida foydalanilgan. Kaperlik guvohnomalari mamlakat fuqarolariga ham, neytral davlat fuqarolariga ham berilavergan. Bunday guvohnomasiz amalga oshirilgan barcha talonchilik ishlari qaroqchilik deb baholangan. Kaperlik amalda talon-torojga olib kelgan va savdo-sotiq rivojiga salbiy ta’sir etgan. XVIII asr oxirlaridan Kaperlikni to’liq taqiqlash harakati boshlangan. Dastlabki qonun yo’li bilan Kaperlikni taqiqlash 1792 yili Fransiyada yuz bergan. 1856 yili Parij kongressida Kaperlikni taqiqlovchi deklaratsiya qabul qilingan.