Kapital bozori

Kapital bozori, fond bozor i — bo’sh turgan pul mablag’larini to’plash, ularni ssuda kapitaliga aylantirish, so’ngra uni i.ch. jarayonlari ishtirokchi- lari (banklar, korxonalar, firmalar, shuningdek, mamlakat aholisi) o’rtasida taqsimlash munosabatlari; qimmatli qog’ozlar, korxonalarning aktsiyalari hamda davlat obligasiyalari b-n oldi- sotdi operasiyalari olib boriladi. Pul kapitalining qayta taqsimlanishida ishtirok etadigan banklar, fond bir- jalari va b. moliya-kredit muassasalari majmuini o’z ichiga oladi. K.b. pul bozo- ri b-n birga iqtisodiyotning tarmoklari va hukumat uchun tashqi kapital manbai hisoblanadi, ssuda kapitaliga talab va taklifni shakllantiradi. K.b. kompaniyalar va davlatning qisqa muddatli qimmatli qog’ozlari b-n ham shug’ullanadi. K.b. qimmatli qog’ozlarni sotuvchilar va sotib oluvchilar, ixtisos- lashgan fond brokerlari, savdo va ti- jorat banklari, Markaziy bank, pensiya fondi, sug’urta kompaniyalari, investi- tsiya kompaniyalari, sanoat korxonalari, xorijiy investorlar, korxonalar, tash- kilotlar ishtirok etadilar. Manbalar va kiritilgan sohalariga qarab xalqaro va milliy K.b.lari bor (yana q. Valyuta bozori, birja). K.b. ikki asosiy vazifa- ni bajaradi: a) birlamchi bozor yoki yangi emissiya bozori. Bunda investisiya va b. maqsadlar uchun zarur bo’ladigan capital yangi aktsiya, obligasiya va b. qimmatli qog’ozlarni chiqarish hisobiga shakllan- tiriladi; b) ikkilamchi bozor. Bunda mavjud qimmatli qog’ozlar b-n operasi- yalar olib boriladi. Ikkilamchi bozor qimmatli qog’ozlarni sotuvchilardan xa- ridorlar qo’liga o’tishni engillashtira- Di. K.b. mamlakat moliya tizimida muhim o’rin egallab, aholining jamg’arilgan mablag’larini investisiyalarga va inve- stisiyalarni qimmatli qog’ozlar portfe- liga aylantirish mexanizmi bo’lib xiz- mat qiladi. O’zbekistonda 200 dan ortiq brokerlik idoralariga ega bo’lgan «tosh- kent» fond birjasi 1994 y.dan qimmatli qog’ozlar savdosi b-n shug’ullanadi. Sadir Salimov.