Kapital qo’yilmalar
Kapital qo’yilmalar, ka- pital mablag’lar — i.ch. va noishlab chiqarishga tegishli asosiy fondlar- ni yaratishga, ularni yangilashga va harakatdagi fondlarni ko’paytirishga, ob’ektlarni qurishga sarf qilinadigan, i. ch.ga qo’yilgan mablag’. K.q. davlat byud- jetidan ajratilgan mablag’lar, ban – klarning kreditlari, korxona, firma, kompaniyalarning foydasi va amorti- zasiya fondlari, aholi jamg’armalari hisobidan amalga oshiriladi. K.q. ish- lab chiqarish quvvatlarini yaratish, ular- ni zamonaviylashtirish va iqtisodiy ri- vojlanishni ta’minlovchi muhim omil hisoblanadi. K.q. dastlab pul shaklida bo’lib, pulga resurslar sotib olinadi va bu resurslar i.ch. ning moddiy omiliga aylanadi, natijada iqgisodiy o’sish yuz beradi. K.q. tarkibiga qurilish-montaj ish- lariga, mashina-uskunalar, jihozlar, transport vositalari sotib olishga va b.ga yo’naltirilgan mablag’lar ki- radi. K.q.ning asosiy qismi capital qurilishga — yangi ob’ektlarni barpo etish, ishlab turgan korxonalarni re- konstruktsiyalash, i.ch. uskunalarini mo- dernizasiyalash, i.ch.ni kengaytirish, montaj ishlariga safarbar etiladi. K.q. sarfida alohida tarmoq — qurilishning ahamiyati katta. K.q. ichki va tashqi tur- larga bo’linadi. Mamlakat daromadi (davlat byudjeti, asosiy fondlar Amor- tizasiyasi, aholi jamg’armalari) ichki K.q. manbai bo’ladi. Tashqi K.Q – chetdan — chet davlatlar, xorijiy banklar, yakka in- vestorlar hisobidan amalga oshiriladi va bevosita va bilvosita shakllarga ega. Bevosita K.q. chet el firmalari, korxona- lari va banklari, tadbirkorlar tomoni- dan aniq xo’jalik sub’ektlarini barpo etish, rivojlantirish uchun bevosita sarflanadigan mablag’lardir. Bilvosi- ta K.q. chet el firmalari, banklarining K.q. qabul qilayotgan mamlakat qukumati tomonidan kafolatlangan loyihalarni amalga oshirishga yo’naltiriladi. 2001-2002 y.larda O’zbekistonda yalpi kapital qo’yilmalarning 30% dan ortig’i xorijiy investisiyalar hissasiga to’g’ri keldi. Xorijiy investisiyalar ishti- rokida O’zbekistonda Qarshiteks, bu- xoroteks, kabul-To’ytepa, kabul-Ko’kcha, Sho’rtan gaz-kimyo majmui, Asakadagi «O’zDEUavto» avtomobili z-Di, Buxoro neftni qayta ishlash z-Di va b. yirik sa- noat korxonalari qurildi (q. Investi- tsiyalar). Sadir Salimov, Ergash Akromov.