KAPITAN

KAPITAN (lotincha capitaneus — lashkarboshi, lotincha caput — bosh so’zidan) — 1) ko’pchilik davlatlar, jumladan, O’zbekiston Respublikasi qurolli kuchlarida ofitserlik unvoni. O’rta asrlarda Frantsiyada vujudga kelgan; 2) kema ekipajiga boshchilik qiluvchi va kemani boshqaruvchi shaxs. Ba’zi davlatlar Harbiy-dengiz flotida 1, 2, 3-rang Kapitan, Kapitan -leytenant unvonlari bor; 3) sport komandalarida komanda boshlig’i.