KAPRI

KAPRI (italyancha Capri — echki) — Tirren dengizidagi Orol, Neapol qo’ltig’ining Janub qismida. Italiya hududi. Maydoni 10,4 kilometr kvadrat. Eng baland joyi 589 metr (Solaro tog’i). Asosan, ohaktoshlardan tuzilgan. Qirg’oqlari tik, sohillarida manzarali g’or ko’p, jumladan, moviy g’or, oq g’or va boshqalar. Subtropik o’simliklar o’stiriladi, bog’dorchilik rivojlangan. Dengizdan baliq ovlanadi. Kurortlar (Kapri, Ana- Kapri va boshqalar) bor. Turizm rivojlangan.