Kaptarlar
Kaptarlar (Columbidae), kabutarlar — kaptarsimonlar turkumiga mansub qushlar oilasi. Gavdasining uz. 10-15 sm dan (mitti kaptar) 89 sm gacha (tojli kaptar). Bo’yni kalta, ta- nasi miqti, qanotlari baquvvat, yaxshi uchadi. Ustki tumshug’i asosida yumshoq teri bo’rtmasi bor. 43 urug’i va 285 turi ma’lum. Jan. va shim. qutblardan boshqa hamma hududlarda tarqalgan. O’zbekiston faunasida asl K. va g’urraklar urug’iga mansub 9 tur uchraydi. Asl K. urug’idan tog’ko’k kaptari (Colum livia) juda keng tarqalgan; gov K. (S. palumbus) va tog’K. i (S. rupestr) tog’li hududlarda, qora K. (S. Eversmanni) tof etaklari va vodiylarda, klintux (S. oenas) Sharqiy hududlarda tarqalgan. G’urraklar urug’idan musi- cha (Streptopelia senegalensis) va g’urrak (S. turtur) ko’p uchraydi; tog’g’urragi (S. orientalis) tog’li hududlarda yashaydi. K. daraxtlar va ularning kovagiga, jar- liklar, koyader, binolar tomiga juft- juft bo’lib uya quradi. Moda va narisi tuxumlarini navbat b-n bosadi. Bir yilda 2, ba’zan 4-5 martagacha 2 tadan tuxum bosadi. Tuxumdan yalang’och (pat- siz) jish jo’ja chiqadi. Jo’jani dastlab nari va modasi jig’ildonidan ajralib chiqadigan oqsilga boy suyuqlik — qush suti, keyinroq jig’ildonda ezilgan don b-n boqadi. Ko’k K. barcha xonaki K.ning zot boshi hisoblanadi. Ko’k K. va gov K. qisman ovlanadi. Xonaki K. ning 200 ga yaqin zoti mav- jud bo’lib, ular pochtachi, dekorativ va go’shtdor guruhlarga bo’linadi. Pochtachi K. uchganda oson yo’l topadi. Qadimda ulardan xat tashishda foydalanilgan. Hozir faqat ko’ngil ochish maqsadlarida ko’paytiriladi. Dekorativ K. ajib qiyofasi va patining juda chiroyli bo’lishi (buqoq, Yakobin, tovus kaptar) yoki o’ziga xos uchishi (turmanlar, Baliqchi qorasimon zotlar) b-n ajralib tura- Di. Go’shtdor zotlar yirik (900 g gacha) bo’ladi (Karno, King, Rim zotlari).