Kaptarning qumi

Kaptarning qumi – eneo- lit va jez davriga oid yodgorlik (mil. AV. 3-ming yillikning 2-yarmidan 2-ming yillikning 2-yarmigacha). Buxo- ro viloyati, Qorako’l tumanining Jan.- g’arbidagi Qizilqum ko’chma qumtepalari oralig’idan topilgan. Akad. Ya. G’. G’ulomov rahbarligidagi Mohondaryo otryadi tomo- nidan o’rganilgan (1960 va 1964). Tek- shirishda taqir er yuzasidan turli tosh qurollar; qumtosh, yorg’uchoq, chaq-moqtosh, paykonlar, o’roq va pichoq qadamalari, sopol parchalari, uy hayvonlarining Su- yaklari, mis va jez buyum siniqlari to- pilgan. K.q. dagi eneolit davri yodgorli- klari jez davri yodgorliklaridan tubdan farq qiladi. Arxeologik ashyolar asosi- da olingan ma’lumotlarga ko’ra, eneolit davriga xos manzilgoxlar kelib chiqishi jihatidan quyi Zarafshon vohasining neolit davri yodgorliklari b-n bog’liq bo’lgan. K.q.dan topilgan idishlar va ularga ishlangan naqshlar Andronovo madaniyatiga o’xshab ketadi. Ad.: Gulya mov ya. G., Islamov U., Aska- rov A., Pervobitnaya kultura i voznik- novenie oroshaemogo zemledeliya v nizo- vyax Zarafshana, T., 1966.