Kapurlar oilasi
Kapurlar oilasi — jahonga tanilgan hind kino arboblari oila- si. Pritxviraj Kapur (1904.3.11 — 1972.29.5) — hind aktyori, teatr rej.i. Lahordagi xuquqiy kollejni tugatgan. Oldin ovozsiz filmlarda, 1931 y. esa birinchi hind ovozli filmi («olam- ning go’zalligi»)da suratga tushgan. Juda ko’p tarixiy filmlarda o’ynagan. 1944 y. birinchi hind professional te- atri («Pritxvitietrs»)ni tashkil etdi. «Daydi», «o’tmish, hozirgi kun, kela- Jak», «uch dengiz osha sayohat» kabi fil- mlarda suratga tushgan. Butun Hindiston Tinchlik Kengashining vise prezidenti bo’lgan. Raj Kapur, haqiqiy ismi Ranbir Raj (1924.14.12, Peshovar — 1988.2.6, Bom- bay) — hind aktyori, rej., stsenariychi, prodyuser. Pritxviraj Kapurning o’g’li. Hind kinosida o’ziga xos maktab yaratgan san’atkor. Kinodagi faoliyatini «Ran- djit» kinostudiyasida assistentlikdan boshlagan. Dastlab «Gauri» va «bizning ish» filmlarida kichik rollar ijro etdi. 1946 y.da «Valminki», «moviy Nilufar», «Chittoridagi g’alaba» fil- mlarida suratga tushdi. 1947 y. da bom- Bayda «Raj Kapur filme» kinostudi- yasini tashkil etdi. «Daydi», «Janov 420», «tun qa’rida», «Sangam», «mening ismim — masxaraboz» va b. filmlarda rej. va bosh rol ijrochisi sifatida jahonga tanildi. «Bobbi», «Haqiqat, muqaddaslik, go’zallik», «muhabbat noxushligi», «Abdulla», «Gang daryosi oqadigan yurt» va b. u yaratgan eng yaxshi filmlardandir. Uning filmlari juda ko’p xalqaro kinofestivallar (mas, Kann, Karlovo — Vari va b.)da sovrin va mukofotlar olgan. Ko’p filmlari O’zbekistonda namoyish etilgan. U Tosh- kent xalqaro kinofestivalining do- imiy qatnashchisi bo’lgan. Shammi Kapur (1930.21.3, Peshovar) — aktyor. Pritxviraj Kapurning o’g’li. «Tumsa Naxin Dekxa», «Dil Deka Dek- xo», «o’rmonzor» singari 150 dan ortiq filmda o’ynagan. Shoshiy Kapur (1938.18.3) -aktyor. Pritxviraj Kapurning o’g’li. Yoshligida «Pritxvi — tietrs» sahnasida roller o’ynagan. «Daydi», «to’siq» kabi fil- mlarda kichik rollar ijro etgan. 80-y. larga kelib eng ommabop hind aktyori- ga aylandi. «Suratkash», «jazirama va chang» kabi 100 dan or-tiq filmda Su- ratga tushgan. Randxir Kapur (1947) — aktyor. Raj Kapurning o’g’li. Dastlab «o’tmish, hozirgi kun va kelajak» filmida aktyor hamda rej. sifatida qatnashgan. Keyin- chalik «Qo’shma sayohat», «chaqqon qo’l», «Qasam va va’da», «kasos qonuni» singa- ri bir qancha filmlarda bosh rollarni o’ynagan. Rishi Kapur (1951.4.6) — aktyor. Raj Kapurning o’g’li. Bolaligida otasining «Mening ismim — masxaraboz» fil- mida suratga tushgan. Aktyor «Bobbi», «Qasoskor», «Sevgi — bu hayot», «Layli va Majnun», «aktyor bo’l» kabi fil- mlardagi bosh rollari b-n jahonga ta- nildi. Oilaning eng kichik davomchi- si Karishma Kapur bo’lib, hozir Hindistonning eng yorqin kinoyulduzla- ridan. Aktyorlar Randxir K. va Babita- larning qizi. «Jit», «Rakshak», «Raja Xindustani», «1-sonli qahramon» kabi 70 ga yaqin filmda muhabbat sanamlari- ni o’ynadi. Saodat Xo’jaeva.