Karadrina

Karadrina, kichik quruqlik tun- Lam i (Spodoptera exigua Hb.) — tunlam- lar oilasiga mansub kapalak. Tanasining uz. 11 — 13 mm, qanotlari yoyilganda 23-34 mm. Tuxumini (16-150 ta) to’p- to’p qilib o’simlikka (ustini qornidan to’kilgan tukchalar b-n yopadi), kuzda esa tuproqqa qo’yadi. Yashil yoki qo’ng’ir kul- rang tusdagi qurtining uz. 2,5—3,0 sm, 16 ta oyog’i bor. Havo haroratiga qarab yilda 2-8 avlod beradi. Rivojlanish davri uchun samarali harorat yig’indisi 350° bo’lishi shart. Rivojlanish tsikli O’rta Osiyoda issiq oylarda 19-20, kech kuzda esa 60 va undan ko’proq kunda tu- gaydi. K.ning yashash areali juda keng. Har xil iqlim mintaqalarida va yil fasliga qarab kapalagi ma’lum ozuqa o’simligini tanlaydi. Dukkakdoshlar, galladoshlar, sho’radoshlar, piyozguldosh- lar va b. oilaga mansub o’simliklar b-n oziqlanadi. G’o’za va b. o’simliklarning xavfli zararkunandasi. Begona o’tlardan sho’ra, pechak va yantoqni yoqtiradi. Ekin- larga, ayniqsa, maysalik va g’unchalash davrida katta zarar keltirib, ularni ba’zan butunlay quritib qo’yadi. Kurash choralari: kuzda agrotexnik cho- ralar (kuzgi haydash, qishki sug’orish va b.)ni o’z vaqtida o’tkazish. Bahor va yozda K. borligi aniqlanganda insektisidlar (2-2,5 kg/ga) b-n kimyoviy ishlov berish; biologik vositalardan dendrobasillin (4-6 kg/ga), shuningdek, trixogrammadan foydalanish mumkin. /ld.-Larchenko K.I., Be lonchuk S. D., Karadrinaning ko’payishi va unga qarshi kurash tadbirlari, T., 1966. Karaj — Eronning shim. qismidagi shahar. Karajdaryosi vohasida joylashgan. Aholisi 940,9 ming kishi (1997). Trans- port yo’llari tuguni. Shakar-qand, kimyo, to’qimachilik, ko’n poyab-zal sanoati kor- xonalari, tayyor qismlardan avtomobil yig’ish z-Di bor.