KARAGODEUASHX
KARAGODEUASHX – Sind-meot qabilasi boshlig’i dafn etilgan mozorqo’rg’on (mil. AV. 4-3-a.lar). Kras- Nodar o’lkasining Qrim st-yasi yaqinida joylashgan. E. D. Felisin tomonidan qazilgan (1888). Mozorqo’rg’on tagidan yopiq yo’lak (dromos)lari bo’lgan 2 dafn xonasi topilgan. Birinchi, asosiy xona- dan erkak kishining skeleti, bosh kiyi- miga tegishli oltin taqinchoq, bo’yniga taqilgan oltin gardish chiqqan; mayyit yoniga oltindan zeb berilgan qurol- aslaha, jez va kumushdan ishlangan idish- lar qo’yilgan. Ikkinchi xona bo’sh bo’lgan, biroq xonaga eltuvchi yopiq yo’lakdan dafn aravasi krldiqlari b-n bir qancha otlarning skeletlari, oltin va kumush taqinchoqlar b-n bezatilgan hashamatli marosim libosida dafn etilgan yosh ayolning qabri, shuningdek, qurbonlik marosimidan qolgan boshqa narsalar to- pilgan. K. Quyi Dnepr bo’yidagi skif podshoh mozorqo’rg’onlariga yaqin turadi.