Karamel
Karamel (Fransuzcha caramel, lotincha cannamella — shakarqamish) — qandolat mahsuloti; shakar qiyomga ta’m beruvchi, bo’yovchi va xushbo’y qiluvchi moddalar qo’shib qaynatib tayyorlanadigan shirinlik. Uning massasidan turli shaklda tayyorlangan Karamel Obaki yoki monpase deyiladi. Karamel ichiga meva, asal va boshqalar solib ham tayyorlanadi. Karamelni saqlash uchun ustiga shakar, kakao uni sepiladi yoki qog’ozga o’raladi, maxsus temir banka yoki karton qutiga joylanadi. Karamel konditer f-kalarida avtomatlashtirilgan universal mashinalarda ishlab chiqariladi.