Karavajizm

Karavajizm — 1) 17-a. Evropa rangtasviridagi realistik yo’nalishning ilk shakllanish davriga xos badiiy vo- sitalar tizimi. Bu tizimga (ayniqsa, italiyalik rassom Karavajo ijodida yaqqol namoyon bo’lgan) demokratik ba- diiy ideallar, uni haqqoniy va hayotiy aks ettirishga intilish, asarda jonli harakat holati, tasvirlanayotgan JIEMga qiziqish, nursoya qarama-qarshiligiga urg’u berish, mavzuga mahobatlilik baxsh etish kabi xususiyatlar xos. K. 17-a. EV- ropa rassomlari (Rembrandt, P. Rubens va b.) ijodida muhim rol o’ynadi; 2) 17-a. Evropa rangtasviridagi yo’nalish. Gollandiya, Flandriya, Frantsiya, Ispa- niya, Germaniya va b. dagi Karavajo izdo- shlari ijodida yaqqol ko’zga tashlanadi. Barcha markazlar (Rim, Neapol, Genuya va b.) rangtasvirida yorqin namoyon bo’ldi. Jumladan, rassomlar o. Jentileski, K. Saracheni, J. B. Karachcholo va b. ijodi- da o’ziga xos tarzda namoyon bo’lsa, ayrim rassomlar (B. Manfredi va b.) ijodida K. ning rasmiy usul va mavzulari yuzaki qo’llanilgan.