Karaxan Nikolay Grigorevich

Karaxan Nikolay Grigorevich (1900.17.5, tog’li Qorabog’mux- tor viloyati — 1970.18.6, Toshkent) — O’zbekiston xalqrassomi (1950). 1908 y.dan O’zbekistonda. Turkiston o’lka ras- somlik maktabida ta’lim olgan (1918— 21). Toshkent rassomlik bilim yurtida dars bergan (1925-41). K. asarlarida o’zbek xalqining hayoti va mehnatini, ta- biat manzaralarini rangli lavhalarda aks ettirgan: «o’roqchilarning ishdan qaytishi» (1927), «Sirdaryo sohilidagi bozor» (1929), «g’alla o’rimi» (1930), «Buxoroda qurilish» (1933), «ishga ke- tishyapti» (1934), «ovqatlanish mahali» (1935) va b. 30-y.larning oxirlaridan asarlarida respublika manzaralari- ni aks ettira boshladi, kishilarni ham manzaralar fonida tasvirladi («ayollar g’allazorda», 1936; «g’alla elayotgan ayol», 1946; «Nanay yo’li», 1954; «Oltin kuz», 1957; «yashnayotgan vodiy», 1958; «Oltin simfoniya», 1965; «so’nggi nur», 1969 va b.). Ko’pgina rassomlar (jumladan, R.Ahmedov, Z.Inog’omov va b.) K.ning sho- girdlaridir. K. asarlari respublika va chet mamlakatlar muzeilari va xususiy to’plamlarda saqlanadi.