Karbazol
Karbazol, dibenzopirrol, Di fenilenimin, C12H9N — rangsiz kristall modda. Ikkita benzol va bitta pirrol halqadan tuzilgan. Molekulyar modda 167,2. Suyuqlanish temperaturasi 247°, qaynash temperaturasi. 355°; yengil haydalanadi. Suvda erimaydi. Organik erituvchilarda yaxshi eriydi. Karbazol kuchsiz asos, kislotalar bilan beqaror tuzlar hosil qiladi. Karbazol, asosan, toshko’mir (antratsen moyi)dan va sun’iy usulda ortoaminodifinil, fenantren 2-aminodifenilamin va boshqalardan olinishi mumkin. Karbazol va uning hosilalari dorivor moddalar, bo’yoqlar, insektisidlar, termoplastik materiallar olishda ishlatiladi.