KARBOKSIMETILTSELLYULOZA

KARBOKSIMETILTSELLYULOZA [C6H7O2(OH)3i(OCH2COOH) x]n – tsellyulozaning monoxlorsirka kislota b-n o’zaro ta’siri mahsuloti. Tsellyulozaglikol kislota, tsellyulo- za va glikol kislotaning oddiy efiri. Oq qattiq modda, kuchsiz kislota. Mol. m. (30-25)103; yumshash t-rasi 170°; zich- ligi 1590 kg/m3. Suvda, ishqorlarning suvdagi eritmalarida, ammiak, osh tuzi va tsellyuloza erituvchilarida eriydi, organik erituvchilar, mineral moylarda erimaydi. Ishqoriy tsellyulozaga mono- xlorsirka kislota yoki uning natriyli tuzini (NaOH ishtirokida) ta’sir etti- rib olinadi. Sanoatda K.ning natriyli tuzi tovuvchi vositalar komponenti, ka- liyli va mis-nikelli rudalarni boyi- tishda flotoreagent, gulqog’ozlar uchun elim kompozisiyalarining komponenti, tish pastalari, pardoz vositalari, oziq- ovqat mahsulotlari (mas, ichimlik va qiyomlar)ni quyultiruvchi modda sifati- da ishlatiladi.