Karbonatli jinslar

Karbonatli jinslar – kaltsiy, magniy, temir karbonatlaridan tashkil topgan tog’ jinslari. Karbonatli jinslarning cho’kindi (ohaktosh, dolomit, mergel, bo’r va boshqalar), metamorfogen (marmar) va magmatogen (karbonatit) turlari farq qilinadi. Karbonatli jinslarga ko’pincha gil va organik moddalar, kvars, glaukonit, pirit, fosforit va boshqa aralashgan bo’ladi. Karbonatli jinslarning asosiy qismi dengiz va ko’l havzalarida cho’kindi tarzida hosil bo’ladi va barcha cho’kindi jinslarning 20% pni tashkil etadi. Tipi va xili ko’p. Karbonatli jinslar Yer po’stida ko’p tarqalgan, qalinligi bir necha yuz metr va uzunligi yuzlab kilometrgacha qatlamlar hosil qiladi. Karbonatli jinslar universal mineral xom ashyodir; qurilishda, ohak tayyorlashda, tsellyuloza-qog’oz, tsement sanoati, qora va rangli metallurgiyada flyus sifatida, qishloq xo’jaligida, tuproq tarkibini yaxshilashda, aralash yem tayyorlash va boshqalarda ishlatiladi.