Kardano (Cardano) Jerolamo

Kardano (Cardano) Jerolamo (1501.24.9 yoki 1506 – 1576.21.9) – italyan faylasufi, vrachi, matematigi, ixtirochisi. Algebrani rivojlantirishda Kardano ishlari katta ahamiyatga ega. Keltirilgan kub tenglama ildizi uchun formulani yaratgan. Yevropada birinchilardan bo’lib, manfiy sonlarni qo’llagan. Falsafada o’zining kosmologik qarashlarini ilgari surgan, aql va zakovat tushunchalarini farqlagan. Kardano qarashlarida materialistik dunyoqarash bilan birga neoplatonizmga xos elementlari ham bo’lgan. Kardanli uzatma va boshqa mexanizmlar ixtiro qilgan.