KARDIOLOGIYA MARKAZI

KARDIOLOGIYA MARKAZI – O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligiga qarashli i. t. muas- sasasi. Toshkent sh.da joylashgan. 1976 y. Tosh-ti tarkibida i.t. instituti sifa- tida tashkil etilib, 1978 y.da mustaqil in-t bo’lib ajralib. chikdi, 1999 y.dan shu nomda. Markaz ilmiy va amaliy FA- oliyatining asosiy yo’nalishlari — gi- pertoniya, yurakning ishemik kasalligi, miokard infarkti, kon aylanishi etish- movchiligi kabi kasalliklarning kelib chiqishi va o’ziga xos kechish xususiyatla- rini o’rganish; ularning diagnostikasi, oldini olish va davolash usullarini ishlab chiqish; O’zbekistonda kardiolo- giya muammosi b-n bog’liq masalalarga rahbarlik qilish va boshqarish, Respu- blikada kardiologiya xizmatini tashkil etish; yuqori malakali ilmiy va amaliy kardiolog mutaxassislar tayyorlash va b.dan iborat. Markazda 2 ilmiy guruh, 9 lab., 101 o’rinli klinik kasalxona bor. Shuningdek, poliklinika va bemorlar kunduzi qatnab yotib davolanishlari mumkin bo’lgan ambulatoriya (skal) ishlab turibdi. Markazda 70 ga yaqin ilmiy xodim, jumladan 10 fan D-ri va 30 fan nomzodi xizmat qiladi (2002). K.m.da D-rlik va nomzodlik disserta- tsiyalari qimoyasi bo’yicha maxsus ilmiy kengash faoliyat ko’rsatadi (1990-y.lar- dan). Markaz olimlari (R. Qurbonov, A. Xujaev, R. Mamutov, A. Kurmukov, G. Qiyoqboev va b.) o’tkir miokard infar- kti b-n og’rigan bemorlarni bosqichma- bosqich sog’lomlashtirish, kardiologik yordam ko’rsatishning yangi shakli — Max- sus ambulatoriya davolash kursi (MADK- Skal) hamda yurak kasalligining dol- zarb masalalari bo’yicha ko’pgina ilmiy – amaliy anjumanlarda qatnashib kela- Di. Yurak kasalliklarini mahalliy xom ashyodan tayyorlangan dorilar (allapinin, Aklezin, glirofam, oligvon, Kavergal) b-n davolash yo’l-yo’riqlarini ishlab chiqib amaliyotga tadbiq etadi. Markaz ilmiy to’plam, monografiya, darslik va turli qo’llanmalar chop etadi, ixtirolar qiladi. Ravshanbek Kurbonov.