Karduchchi (Garducci) Jozue

Karduchchi (Garducci) Jozue (1835.27.7, Toskana, Valdikastello — 1907.16.2, Bolonya) — italyan shoiri, adabiyotshunos. Ilk ijodi Italiyani birlashtirish g’oyalari bilan sug’orilgan («yoshlik she’rlari», 1860; «yengil mashaqqat», 1860). Karduchchi 19-asrning 60-yillarida milliy-ozodlik harakati rahbarlari J. Madzini va J. Garibaldi tarafdorlari safida bo’lgan. Keyinchalik Birlashgan Italiya harakatining faol a’zosiga aylangan. «Shayton huzuriga» (1863) dostoni, «Yamblar va Epodlar» (1882) va boshqa she’riy to’plamlarida Italiya ozodligi yo’lida kurashgan jangchilar jasorati aks ettirilgan. «Yangi she’rlar» (1861-87), «yovvoyilik qasidalari» (1877-93) she’riy asarlarida mavjud voqelik tasviri hamda antik adabiyotga xos ko’tarinki ruh ustunlik qiladi. Karduchchi Dante, Petrarka, Bokkachcho va boshqalar haqidagi ilmiy maqolalar muallifi. Nobel mukofoti laureati (1906).