Kariatidalar nima?
Ustunlar, odatda, imorat to’sinlarining tayanchi bo’lib xizmat qiladi. Ba’zan esa ular odatiy bo’lmagan, — masalan, haykal shakliga ega bo’ladi. Shunday hilib, ayol timsoli tasvirlangan ustunlar kariatidalar deb ataladi. Ustunlarga qaraganda kamroq yuklanma ko’tarib tursalar-da, ular me’morchilikka ko’proq rang-baranglik baxsh etadilar. Afina Akropolining olti kariatidasi hammaga ma’lum bo’lsa hamki, aslida ulardan bizga qadar faqat beshtasi yetib kelgan. Buzilib ketgan kariatida o’rnida uning nusxasi turibdi. Aytgancha, aynan shunday vazifa yuklangan erkaklar haykali Atlant deb yuritiladi. Tulondagi (Fransiya) ratusha fasadida Per Pyuje (1620-1694) tomonidan taroshlangan atlantlar durdona asarlar hisoblanadi.