Karib and tog’lari
Karib and tog’lari – Venesuela shimoldagi tog’lar. Karib dengizi sohili bo’ylab 800 kilometrga cho’zilgan. And tog’larining eng past qismi. Asosan, metamorfik, granit intruziyalari va effuziv chukindi jinslardan tuzilgan. Tez-tez zilzila bulib turadi. Markazidagi buylama soylik Karib and tog’larini shimoliy sohilbuyi Kordilerasi (balandligi 2765 metrgacha) va Serraniya-del-Interor Janubiy ichki tizmasiga (balandligi 2600 metrgacha) ajratib turadi. Tog’ etaklarida neft va gazning yirik konlari bor. Quyi mintaqa yon bag’irlarida kserofit o’rmonlar va butalar o’sadi, 900— 1000 metrdan boshlab barg to’kuvchi va doim yashil o’rmonlar bilan qoplangan. Bir necha milliy park tashkil etilgan.