Karibu
Karibu — Kanada qoyali tog’laridagi tog’ massivi (Britaniya kolumbiyasi provintsiyasi). Uzunligi 300 kilometr, o’rtacha balandligi 3000 metr. Eng baland joyi — 3581 metr (Ser-Uilfrid-Lore tog’i). Tokembriy kristall jinslaridan, qisman miosen bazalt va andezitlaridan tuzilgan. Muzlik vodiylari (Trog) bilan kuchli parchalangan. Muzliklar bor. Yon bag’irlari siyrak igna bargli o’rmonlar bilan qoplangan, 2000 metrdan yuqori qismi Alp o’tloqlaridan iborat. Janub qismida Uels-Grey parki tashkil etilgan.