Karikatura
Karikatura (ital. caricare -bo’rttirmoq so’zidan) — aniq ijti- moiy tanqidiy yo’nalishga ega bo’lgan tasviriy san’at turi, grafika sohasi (rangtasvir va haykaltaroshlikda juda kam qo’llaniladi), hajv va kulgili qilib ishlangan rasm. Tasvirda kulgi- li holat Real va fantastik voqealar b-n yo’g’rilgan holda yaratiladi, xarakter- ning o’ziga xos tomonlari bo’rttirilib, achchiq kulgi tug’diradigan qilib tasvir- lanadi. Tasvirdagi ma’noni izohlash va tasvirning ta’sirchanligini oshirish maqsadida K.ga matn (ba’zan she’r) ilova qilinadi. K. xususiyatlari qad. davr san’a- ti (qad. Misr tasvirlari, Yunoniston vaza bezaklari, kad. Rim freskalari)da, yapon va hind miniatyuralarida uchray- Di. Ayniqsa, Uyg’onish davrida K. keng rivoj topdi (mas, Leonardo da Vinchi rasmlari). K. janr sifatida jamiyatda yuzaga kelgan keskin ijtimoiy qarama- qarshiliklarni fosh etish zaminida shakllangan (u. Xogart, F.Goyya, O.Dome va b.ning K.lari). Evropa K.si xususiyatlari ilk bor ingliz tasviriy san’atida shakllandi; K. uchun xos bo’lgan davrning ijtimo- iy va davlat hayotidagi xalqaro siyosiy voqealarga hozirjavobligi namoyon bo’ldi (mas, frantsuzlarning inqilobiy, ruslarning Napoleonga bag’ishlangan xalq hajviy rasmlari). 19-20-a.lar che- garasida ijtimoiy kurashning avj oli- shi gaz. va jur. grafikasi K. ni rivojla- nishini, shuningdek, professional gaz. karikaturachilarining paydo bo’lishini ta’minladi, ular orasida mashhur yirik rassomlar ham bor edi. 20-a.da K. ijtimoiy kuchlar muno- sabatlaridagi murakkabliklarni aks ettirdi; 2-jahon urushi yillari u FA- shizmga qarshi kurashda muhim rol o’ynadi («TASS oynasi», «uz tag oy- nasi», plakatlar, varaqalar, front gaz. lari va b.), ko’plab rassomlar Shuhrat qozondi. Maxsus satirik nashrlar, kun- dalik gazetalar K. taraqqiyotiga va om- maviylashuviga keng imkoniyatlar yara- tadi. Jahon karikaturami rassomlari (X. Bidstrup, Daniya; S. Venev, Bolgariya; Kukrinikslar, Rossiya va b.) tinchlikni saqlash va uni himoya qilish mavzuida K. namunalarini yaratishdi. O’zbekistonda satirik jur.lar (ayniqsa, «Mushtum» jur.) nashri K. janri taraqqiyotiga zamin yaratdi. Usta Mo’min, D. Siniskiy, A. Osheyko, L. AB- dullaev, T. Muxamedov, N. Ibrohimov va b. rassomlarning K.lari, «O’zbekiston» nashriyotining «jangovar qalam» plakat- lar turkumlari hayotda uchrab turadigan illatlar (poraxo’rlik, ichkilikbozlik, xo’jasizlik, yulg’uchlik va b.)ga qarshi kurashda, ularni fosh etishda muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Mustaqillik dav- rida K. boqimandachilik, giyohvandlik, qalloblik, aqidaparastlik kabilarni fosh etishda dolzarb ahamiyat kasb et- mokda.