KARIMOV ABDUG’ANI NABIYEVICH
KARIMOV ABDUG’ANI NABIYEVICH (1954.24.4, Toshkent) — naqqosh, O’zbekiston xalq ustasi (2005). Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurtini (1973) va Toshkent pedagogika institutini (1979) tugatgan. O’rta maktabda o’qituvchi (1979-83), «Rassom» kombinatida bezakchi rassom (1984-92), «Usto» birlashmasida naqqoshlik brigadasi boshlig’i (1992-94). «Turkiston» kontsert zali (1994), Temuriylar tarixi davlat muzeyi (1996), Oliy Majlis binosi (1997), Oqsaroy (1999), Hindistondagi O’zbekiston elchixonasi (2000), O’zbekistop milliy teatri (2001), Toshkentdagi «Shahidlar xotirasi» muzeyi va boshqa yirik inshootlarning badiiy bezagini ishlashda ishtirok etgan.