Karimov Ergash

Karimov Ergash (1935.26.10, tosh- kent) — aktyor, rej. O’zbekiston xalq artisti (1990). Toshkent san’at in-tini tugatgan (1958). 1958-59 y.lar sur- xondaryo teatrida ishlagan. 1959 y.dan O’zbekiston teleradiokompaniyasining «Yoshlik» telestudiyasida teleminiatyu- ra teatrida rej. assistenti, 1965 y.dan rej.i, 1997 y.dan badiiy rahbari. K. san’ati o’tkir satira va ko’tarinki ruh b-n sug’orilgan bo’lib, plastik, mimic harakatlar ustasi sifatida tanilgan. U bir spektaklda bir nechta rollarda chiqishi mumkin. Topqirlik, mubolag’a b-n bo’rttirib ko’rsatish, ijrodagi ta-biiylik, qazil ohangidagi soddalik K. ijodining asosini tashkil etadi. Eng yaxshi rollari: sovchi (S. Ahmad, «Oliq-soliq»), g’izg’izon (Alp Jamol, «G’izg’izon»), sinovchi-ichuvchi (S. Ahmad, «Sinovchi-ichuvchi»), direktor (S. Axmad, «Lampashisha»), Muqimjon (S. Ahmad, «Birinchi muhabbat»), ishqiboz (Alp ja- mol, «Paxtakor yutganda va yutqizganda»), talaba (E. Musaev, «N2O»), Qiyomov (Alp Jamol, «to’zg’igan pat»), sottivoy (Alp Jamol, «yozaman»), mudir (Alp Jamol, «Noshud mudir»), Koyilxo’jaev (Alp ja- mol, «xurrak»), telemuxbir (S. Ahmad, «Qizlar brigadasi»), chol (S. Ahmad, «Qirchillama chol»), er (E. Usmanov, «Tu- shingni suvga ayt»), sudya (E. Raimov, «Quyoshxon»), Ota (E. Usmanov, «Gudbay») va b. «El-yurt hurmati» ordeni b-n muko- fotlangan (1999).