Karimov Tolibjon Raufovich

Karimov Tolibjon Raufovich (1940.7.2, Toshkent) — O’zbekiston xalq artisti (1987). Toshkent teatr va ras- somlik san’ati in-tini tugatgan (1961). 1961-63-y.lar Qo’qon teatrida, 1963 y.dan Hamza teatrida aktyor. K.ning ijo- Di yorqin dramatizm va qahramonona ro- mantizmga boyligi, jo’shqinligi b-n AJ- ralib turadi. Eng yaxshi rollari: Yo’lchi, Tantiboyvachcha («quglug’qon»), G’ofir («Boy ila xizmatchi»), Mirzo Ulug’bek («Mirzo Ulug’bek»), Temur («Sohibqiron Temur»), Shoh Ma’mun («Abu Rayhon Beruniy»), Azizboy («Istehkom»), Qosim («Gurung»), Jamol («Istan- bul fojiasi»), professor («etti FA- ryod») va b. Televizion spektakllarda Jo’ra («Yodgor»), Qalandar Qarnoqiy («Ulug’bek xazinasi»), Shukurov («diyo- nat»), Navoiy («Navoiy Astraobodda»), G’ulomjon («Farg’ona tong otguncha») kabi; videofilmlarda Jomiy («Navo- iy»), Qosimbek («Bobur»), kinoda o’tkir («Sayyod qo’ng’irog’i») va b. rollarni ijro etgan. K. hayoti va ijodiga bag’ishlangan «Chirog’i yoniq uy» telefilmi ishlangan (1997). Hamza nomidagi O’zbekiston dav- lat mukofoti laureati (1988). «Mehnat shuhrati» ordeni b-n mukofotlangan (1997).