KARIMOV TO’LQINJON SOLIYEVICH

KARIMOV TO’LQINJON SOLIYEVICH (1944, Bag’dod tumani) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (2004). Farg’ona pedagogika institutini tugatgan (1970). 1970 yildan Sirdaryo viloyatining Sardoba tumanidagi 5-maktabda matematika o’qituvchisi, maktab direktori o’rinbosari, o’quv bo’limi mudiri, 1973 yildan Farg’ona viloyati Bag’dod tumanidagi 22-maktabda (1987-89 yillar 41-maktabda) matematika o’qituvchisi. «Matematikadan choraklik testlar» risolasi muallifi. «Do’stlik» ordeni bilan mukofotlangan (1995).