Karimov Turg’un A’zam o’g’li

Karimov Turg’un A’zam o’g’li (1916 — Toshkent — 1969.9.11) — xonanda, O’zbekiston xalq hofizi (1950). Ashu- la san’ati yo’llarini yu. Rajabiy va A. Haydarovayan o’rgangan. O’zbekiston radioqo’mitasi (1935 — 42 va 1947-53), O’zbek davlat filarmoniyasi (1942-47) hamda O’zbek davlat estradasi (1953— 59)da xonanda. Katta Farg’ona kanali, Farhod GES, Kattaqo’rg’on suv ombori qurilishlarida qatnashgan. Repertua- ridan o’zbek mumtoz va xalq ashulala- ri — «Ushshoq», «Buxoro irog’i», «Oh kim, rahm aylamas», «Oromijon», «ul parivash» hamda zamonaviy bastakorlar asarlari urin olgan: «Ra’nolanmasun», «Qadah» (Yu. Rajabiy), «Bormikin» (J. Sultonov), «So’lim» (I. Ikromov), «Qorabayir» (F. Sodiqov), «Ista- dim» (F. Toshmatov) va b. Shuningdek, A. Xay-darov, o. Imomxo’jaevlar b-n hamnafaslikda «Farg’onacha Shahnoz», «Hanuz», «Farg’onacha jonon», «Chaman Yalla», «O’lmasun» (J. Sultonov) kabi ashulalarni mahorat b-n ijro etgan.