Karimova Roziya Zaripovna

Karimova Roziya Zaripovna (1916.18.3, Qozon) — raqqosa, balet artisti, xoreograf, pedagog, olima. O’zbekiston xalk, artisti (1950). O’zbek davlat musiqali teatri qoshidagi te- ATR studiyasini tugatgan (1932), shu te- ATR truppasida, 1939-57 y.lar Uzbek davlat opera va balet teatri (hoz. Na- voiy teatri)da yakka raqqosa. 1949 y.dan O’zbek raqs va xoreografiya oliy bi- lim yurtida pedagog. 1964 y.dan Hamza nomidagi San’atshunoslik in-tida katga ilmiy xodim. Spektakllarda li- rik va qahramonlik xarakteridagi raqslarni ijro etish b-n birga Anorxon («O’rtoqlar»), Asal («Gulsara»), Osiyo («Arshin mol olon») kabi dramatik rol- lar ham ijro etgan. Balet partiyalarida o’zbek xalq raqsi harakatlarini pantomi- ma b-n uyg’unlashtirishga harakat qilgan. «Gulandom» (E. Brusilovskiy), «oq bi- lak» (S. Vasilenko), «Esmeralda» (Ch. Puni) baletlarida Gulandom, oq bilak, Ona; «Bo’ron» (M. Ashrafiy, S. Vasi- lenko), «Karmen» (J. Bize) operalarida Kumushoy, Fraskita balet partiyalarini ijro etgan. 1957-60 y.lar Muqimiy teatrida baletmeyster. «Ravshan va Zulxumor», «Nurxon» kabi spektak- llarning raqslarini sahnalashtirgan. O’zbek raqsiga oid asarlar, uslubiy o’quv qo’llanmalari muallifi. Hamza nomida- gi O’zbekiston Davlat mukofoti laureate (1983). «El-yurt hurmati» ordeni b-n mu- kofotlangan (1998). As: tantsi ansamblya baxor, T., 1979; Uzbekskie tantsi v postanovkax Isaxara Akilova, T., 1987; urok uzbekskogo tantsa, T., 1987; Farg’ona raqsi, T., 1992; tana- vor, T., 1993; doyra zarblariga mashg’ulot, T., 1995.