KARIYA

KARIYA — Kichik Osiyoning Janubi- G’arbi (hozirgi Turkiya hududi)dagi qadimgi viloyat. Miloddan avvalgi 2-ming yillikda shu hududga kelib joylashgan kariylar qabilasining nomi bilan atalgan. Miloddan avvalgi 6 — 4-asrlarda Axomaniylar, 4-asrning oxirida makedoniyalik Aleksandr, 3-asrdan Salavkiylar qo’l ostida. Miloddan avvalgi 129 yilda Rimning Osiyo provintsiyasi tarkibida.