Karkidon qushlar
Karkidon qushlar (Bacerotidae) -popushaklar turkumining bir oilasi. Tumshug’i keskin pastga egilganligi, uning ustida katta shoxsimon o’simta borligi uchun K.q. deb nom berilgan. Ta- nasining uz. 50 sm dan 165 sm gacha, vazni 150 g dan 4 kg gacha. K.q. yirik, dumlari uzun, barmoqlari bir-biriga birikkan. Oilada 14 urug’, 45 tur mavjud. Afrika, Avstraliya va Hindistonda tarqalgan. Shoxli qarg’aturidan boshqa turlari o’rmonlarda yashab, daraxtlarning tabiiy kovaklari- ga 1-5 tuxum qo’yadi. Inkubasiya davri 1,5 oy. Modasi tuxum bosayotganida nari kovak og’zini kichik teshik qoldirib shuvab tashlab, modasi va jo’jalarini oziqlantiradi. Jo’jalari uchurma bo’lgandan keyin uya og’zini ochadi. Ay- Rim turlar bolalari 2-3 haftaligida modasi uyadan chiqib, kovakni qaytadan shuvaydi, bolalarini nari va moda- si oziqlantiradi. K.q. xar xil meva- lar, hasharotlar b-n oziqlanadi, ayrim hollarda kaltakesak, kushlarning bola- larini ham tutadi.