KARKIDON SUV OMBORI
KARKIDON SUV OMBORI – Farg’ona viloyati Quvasoy daryosida- gi gidrotexnika inshooti. Suv ombo- ri Farg’ona viloyati KUVA tumani b-n Qirg’iziston Respublikasi chegarasida, Nazarota tog’oldi b-n Quvasoy vodiysi adirlari oralig’idagi tabiiy botikda qurilgan. Birinchi navbati 1961-63 y.lar oxirida, ikkinchi navbati 1967 y.da qurib bitirildi. K.s.o. to’g’oni bal. 70 m, uz. 420 m. Umumiy hajmi 218,4 mln. m3, foydali hajmi 211,5 mln. m3; suv yuzasi mayd. 9,65 km2; maksimal uz. 5,5 km; o’rtacha chuq. 36,7 m. K.s.o.dan suv chiqarish inshooti (uz. 340 m) va maxsus kanal (uz. 2,7 km, chuq. 2,7 m, suv o’tkazish imkoniyati 50 m3/s) orkali suv Janubiy Farg’ona kanalita oqib o’tadi. K.s.o.ga suv uz. 27 km bo’lgan kanal orqali beri- ladi. Suv ombori qurilishi Farg’ona VI- loyatining Quva, Oxunboboev, Oltiariq, Farg’ona tumanlari ekin maydonlari suv ta’minotini yaxshiladi.