KARL IV

KARL IV (1316.14.5-1378.29.11) -Germaniya qiroli va «Muqaddas Rim imperiyasi» imperatori (1347 yildan), Lyuksemburglar sulolasidan bo’lgan Chexiya qiroli (Karl I nomi bilan 1346 yildan). Chexiyada qirol hokimiyatini mustahkamlagan, hunarmandchilik, savdo-sotiq va madaniyatning rivojlanishini rag’batlantirgan. Germaniyaning siyosiy parchalanishi Karl IV tomonidan e’lon qilingan «Oltin bulla» (1356)da huquqiy jihatdan mustahkamlandi.