Karlar maktabi
Karlar maktabi – tug’ma kar yoki yoshligida eshitish qobiliyatini yo’qotgan bolalar (q. Karlik) uchun Ochil- gan internat maktab tipidagi maxsus ta’lim-tarbiya muassasasi. Karlar va zaif eshituvchilar internat maktabga bo’linadi. O’zbekistonda birinchi Mar- ta 1920 i. nogiron (kar, ko’r, aqli zaif) bolalar internat maktabi sifatida tash- kil etilgan. Karlar internat maktabiga mutlaqo eshitmaydigan va gapirmaydi- gan, shuningdek, eshitish qobiliyatidan 75 db dan ortiq darajada mahrum bo’lgan, kuchli ovozdan ta’sirlanadigan va ba’zi nutq tovushlarni qisman farq qiladigan bolalar qabul qilinadi. Maktabgacha tarbiya muassasasiga olinmagan 6-7 yoshdagi bolalar internat maktabning tayyorlov sinfiga qabul qilinadi. Zaif eshituvchilar internat maktabiga nutq, eshitish qobiliyatidan 30 dan 75 db gacha darajada mahrum bo’lgan, nutq (oddiy ovoz b-n aytiladigan so’z va gaplar)ni 3 m masofadan tushunadigan hamda eshi- tish qobiliyati etarli bo’lmaganligi sababli nutqi turli darajada rivoj- lanmay qolgan, shuningdek, maktabga- cha tarbiya va maktab yoshida kar bo’lib qolib, nutqi saqlangan bolalar qabul qilinadi. Kar va zaif eshituvchi bolalar respublika, viloyat, shahar xalq ta’limi boshqarmalari tomonidan tashkil etil- gan tibbiy psixologik-pedagogik komis- siyalar tomonidan ko’rikdan o’tkaziladi va o’qishga yo’llanma beriladi. Kar va zaif eshituvchi bolalar uchun maxsus ta’- lim-tarbiya «ta’lim to’g’risida»gi O’zR qonuni (1997 y. 29 avg.) asosida amalga oshiriladi. K.m. O’zbekiston Respubli- kasi Xalq ta’limi vazirligi tizimiga kiradi. Karlar internat maktabida ta’- lim 2 bosqich — boshlang’ich ta’lim (1 — 5-sinf), tayanch ta’lim (6-11-sinf) dan, zaif eshituvchilar internat makta- bida 2 bo’lim (10-sinfgacha va 11-sinf- gacha)dan iborat. K.m.ning boshlang’ich sinflarida o’qish maxsus reja, dastur, darelik va o’quv qo’llanmalari asosida, yuqori sinflarda normal maktablarning 5-9-sinflar dareliklaridan foyda- lanib olib boriladi. Har bir sinfda o’quvchilar soni 8-10 tadan oshmasligi kerak. O’quv rejasi, dasturi, darsliklar va o’quv qo’llanmalari O’zR Xalq ta’limi vazirligi ta’lim markazining maxsus ta’lim bo’limi tomonidan bolalarning eshitish va nutq taraqqiyotidagi kamchi- liklari nazarda tutilgan holda tuzila- Di. 2000/2001 o’quv yili boshi O’zRda 13 karlar internat maktabi (2956 o’quvchi) va 5 zaif eshituvchilar internat maktabi (1051 o’quvchi) ishladi.