KARLOVATS
KARLOVATS — Xorvatiyadagi shahar, Kupa daryosi (Sava daryosi irmog’i) sohilida, Zagreb shahridan Janubi-Sharqda joylashgan. Aholisi 59,9 ming kishi (1990- yillar o’rtalari). Transport yo’llarining yirik tuguni. Quvur va dizellar ishlab chiqariladi; ko’n-teri, yog’ochsozlik, keramika, oziq-ovqat (jumladan, tamaki) sanoati korxonalari bor. Karlovats yaqinida yirik to’qimachilik kombinati joylashgan.