Karnaychi qushlar

Karnaychi qushlar (Psophiidae) -turnasimonlar turkumining bir oilasi. Og’irligi 1 -1,5 kilogramm. Oyog’i uzun, tumshug’i qisqa, baquvvat. Patlarining rangi ko’proq qoramtir baxmalsimon. Janubiy Amerikaning shimoliy qismida yashaydi. 1 urug’va 3 turi bor. Daraxtlarning shoxlari va kovaklariga uya quradi. 5— 7 ta oq rangli tuxumlarini modasi bosadi. Sernam o’rmonlarda gala bo’lib yashaydi. Yerda tez chopadi, kam uchadi. Mevalar, har xil hasharotlar, xususan, chumolilar va ikki qanotlilar bilan oziqlanadi. Karnaychi qushlar uy parrandalariga tez o’rganadi. Tutqunlikda ko’payishi ham mumkin. Go’shti mazali bo’lgani tufayli aholi yashaydigan yerlarda qolmagan.