Karpinskiy Aleksandr Petrovich
Karpinskiy Aleksandr Petrovich (1847.7.1, hoz. RF Sverdlovsk VI- loyati Krasnoturinsk sh. — 1936.15.7, Moskva) — rus geolog olimi, jamoat ar- bobi. Rossiya geologlar ilmiy maktabi- ning asoschilaridan. Peterburg FA akad. (1889), Rossiya FA prezidenti (1917-36), Ukraina) FA akad. (1925 y.dan). Peter- burg konchilik I in-tini tugatgan | (1866). O’sha institutda prof. (1877— 96). Geo- logiya komiteti direktori (1885-1903). Ilmiy I ishlari geol.ning tektonika, paleontologiya va paleogeografiya, stra- tigrafiya va b.ga oid. Birinchi marta Sharqiy Evropa platformasi tekto- nik tuzilishining asosiy belgilarini aniqlagan, tektonik va paleogeogra- FIK xaritasini tuzgan, tog’jinslarini o’rganishda mikroskop usulini birinchi- lardan bo’lib qo’llagan. Uraloldi bukil- masida Perm sistemasiga mansub arti yarusini ajratgan (1874). K. geologik xaritalar uchun shartli belgilar ishlab chiqqan va bu shartli belgilar xalkaro geol. Kongressida (1881) qabul qilingan. Rossiya FA geol. fanlari sohasida ul- Kan ilmiy kashfiyotlar uchun 1946 y.da K. nomida mukofot va oltin medal ta’sis etgan. Sverdlovsk viloyatidagi shahar, Uraldagi tog’, mineral, Kuril o.laridagi vulkan, in-t, Sankt-Peterburgdagi geol. muzeyi va b. K. nomi b-n atalgan.