Karpsimonlar, zog’orabaliqsimonlar

Karpsimonlar, zog’orabaliqsimonlar (Cyprinidae) — karpsimonlar turkumiga mansub baliqlar oilasi. Tanasi (uz. 2 sm dan 1,5 m gacha) tsikloid tangachalar b-n qoplangan yoki yalang’och. Jag’larida tish- lari bo’lmaydi, ozig’i halqumidagi yuti-nish tishlari yordamida maydalanadi. Evrosiyo, Afrika, Shim. va Markaziy Amerikaning chuchuk va kam sho’rlangan suvlarida tarqalgan; K. 200 ga yaqin urug’, 1500 ga yaqin tur kiradi. O’zbekistonda 17 oilaga mansub 19 turi tarqalgan. Tur- li xil suv havzalari: tog’vohalaridagi daryolar, ko’llar va suv omborlarida yashaydi. Plankton va bentossagi mayda umurtqasiz hayvonlar b-n oziqlanadi; ayrim turlari (Amur xumboshi, oq Amur, qizil qanot), asosan, o’simliklar b-n oziqlanadi; oddiy oqqayroq — yirtqich. K., odatda, bahorda urchiydi, uvildiriq tashlash davri 1-3 oy davom etadi. Uvildiriqlarini (bir necha yuzdan 1 mln. gacha va undan ortiq) suvdagi o’simliklar, toshlar va qumga qo’yadi yoki bevosita suv- ning o’ziga tashlaydi. K.ning juda ko’p turlari, shu jumladan, O’zbekiston suv havzalaridan zog’ora baliq, moybaliq, tovonbaliq, qorabaliq, oqcha, oq Amur, Amur xumboshi va b. ovlanadi. Bir kancha turlari (karp, tovonbaliq, oq Amur, Amur xumboshi) suv havzalarida boqiladi, oq Amur, Amur xumboshi Amur havzasidan keltirilib, O’zbekiston suv havzalarida iqlimlashtirilgan.